[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kimyoviy formulalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kimyoviy formuladan yoʻnaltirildi)

Kimyoviy formula — moddalarning sifat va miqdor jihatidan tarkibi va tuzilishini kimyoviy belgilar, shuningdek, sonlar, harflar va boshqa bilan berilgan ifodasi. Kimyoviy formulalar modda qanday elementlardan tashkil topganligi, bu elementlar oʻzaro qanday nisbatda birikkanligini hamda moddaning tuzilishini koʻrsatadi. Masalan, suvning formulasi H2O uning tarkibi vodorod (H) va kislorod (O) dan iborat ekanligini, bu elementlar 2:1 nisbatda birikkanligini; natriy sulfat Na2SO4 esa uning molekulasi natriy (Na), oltingugurt (S) va kislorod (O)dan tashkil topganligini, bu elementlar 2:1:4 nisbatda birikkanligini; aluminiy sulfid A12S3 esa 2 atom aluminiy (A1) ga 3 atom oltingugurt (S) toʻgʻri kelishini koʻrsatadi (yana qarang Kimyoviy belgilar).

Kimyoviy formulalar uch xil boʻladi: empirik, ratsional va struktura formulalar. Empirik formulalar modda molekulasidagi atomlarning umumiy sonini koʻrsatadi. Mas, sulfat kislota H2SO4, etan S2N6, etil spirti S2N6O va hokazo Ratsional formulalarda maʼlum sinfga kiruvchi atomlar guruhi ajratib koʻrsatiladi. Masalan, etan SN3SN3 yoki SN3— SN3, etil spirti S2N5ON yoki S2N5— ON va hokazo Struktura formulalar esa moddaning tarkibini, molekuladagi atomlarning joylashish tartibini hamda ushbu atomlar orasidagi kimyoviy bogʻlarning qanday taqsimlanganligini koʻrsatadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil