[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Keles (tuman)

Koordinatalari: 41°15′0″N 68°30′0″E / 41.25000°N 68.50000°E / 41.25000; 68.50000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Keles tumani
Келес ауданы
tuman
Tarkibida Turkiston viloyati
Maʼmuriy markazi Abay
Asos solingan sanasi 2018-yil
Akim Yesbayev Aqmentay[1]
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2022) 145 263[2]
Zichligi 42,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar - 92,53 %
oʻzbeklar - 5,32 %
boshqalari - 2,15 %
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 3451,27 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72532[3]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Xaritada
Keles tumani xaritada
41°15′0″N 68°30′0″E / 41.25000°N 68.50000°E / 41.25000; 68.50000

Keles tumani — Turkiston viloyatining janubida joylashgan. Maydoni 3,4 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 2018-yil 8-iyunda tashkil topgan. Aholisi 145,263 kishi (2022). Tumanning maʼmuriy markazi — Abay qishlogʻi.

Tuman aholisi 2022-yilgi maʼlumot boʻyicha 145,263 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi — 93 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar, ruslar, tojiklar va boshqa millatlar ham istiqomat qilishadi.

Milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 145 263 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:[2]

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qishloq okruglar Markazi Qishloq soni Kentlar soni Qishloq okruglar boʻyicha aholi soni
1. Abay Abay 1 17 700
2. Aqtoʻbe Juantoʻbe 14 20 618
3. Alpomish botir Leninjoʻli 2 4620
4. Boʻzay Boʻzay 4 2149
5. Birlesu 28 gvardiyachilar 4 3875
6. Birlik Birlik 7 5111
7. Birtilek Shirildaq 13 16 830
8. Jambil Bekboʻta 5 3229
9. Juzimdi Juzimdik 4 3493
10. Qoʻchqorota Olgʻabas 13 15 857
11. Oʻshaqti Oʻshaqti 13 12 183
12. Ushqin Ushqin 3 5011
Barchasi: 12 83 110 686

Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.

  1. „Аким района“. Официальный сайт Келлеского районного акимата. 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2022 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. Qaraldi: 2021-yil 1-may.[sayt ishlamaydi]
  3. „Turkiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.