Kevin De Bruyne
Kevin De Bruyne (talaffuzi: Kevin De Bryuyne) — belgiyalik futbolchi, „Manchester City“ va Belgiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Zamonamizning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan< „Gent“ va „Genk“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi. 2008-yilda u „Genk“ safida debyut qilib, kattalar karerasini boshladi. Keyinchalik, u ushbu jamoada 80 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 2011 yil Belgiya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda u Londonning „Chelsea“ klubiga oʻtdi, ammo darhol „Werder“ga ijaraga berildi. „Werder“ klubi tarkibida u Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. 2013-yilning yanvaridan boshlab u „Wolfsburg“da oʻynamoqda. 2015- yilning yozida Kevin „Manchester City“ futbolchisiga aylandi.
Belgiyada 2015-yilning eng yaxshi sportchisi de tan olindi. 2015-yilda u Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi, 2020-yilda esa Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kevin Belgiyaning yirik sanoat markazi Gent shahrida tugʻilib oʻsgan. Bolaligida u bolalar turnirlari va turli yarmarkalarda oʻynay boshladi. 12 yoshida u mahalliy „Gent“ uchun tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu yerda ikki yil oʻtkazgandan soʻng, De Bruyne „Genk“ga koʻchib oʻtdi va klubning yoshlar jamoasidagi oʻyinlaridan boshladi. U „Genk“da 2009-yil 9-may kuni „Charleroi“ga qarshi o‘yinda ilk debyutini o‘tkazdi, o‘shanda jamoasi 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi[1].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]De Bruyne Belgiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2010-yil 11-avgustda u Turku shahrida Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazgan va unda jamoasi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan[2].
Braziliyada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi jahon chempionatining final turnirida u Belgiya terma jamoasi safida beshta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan[3].
Kevin Belgiyaning 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun soʻnggi 23 kishilik taklifiga kiritilgan edi[4]. 18-iyun kuni Panama terma jamoasi bilan oʻyinda (3:0) De Bruyne Romelu Lukakuga yordam bergan[5]. 6-iyul kuni u Braziliyaga qarshi chorak final uchrashuvida (2:1) gʻalaba toʻpini kiritga va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[6]. Yarim finalda Belgiya boʻlajak jahon chempioni Fransiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan[7]. 14- iyul kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Belgiya terma jamoasi Angliya terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etgan[8].
U 2020-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaga kiritilgan. U Rossiya terma jamoasi bilan oʻyinni jarohati tufayli oʻtkazib yubordi[9]. Daniya terma jamoasi bilan oʻyinda u 0:1 hisobida zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi va gʻalaba golini kiritdi, uchrashuv 2:1 hisobida Belgiya terma jamoasi foydasiga hal boʻldi.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubog | Liga kubogi | Yevropa kubogi | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Genk | 2008-2009 | Belgian First Division | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | |||
2009-2010 | Belgian Pro League | 35 | 3 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | 1 | 0 | 40 | 3 | ||
2010-2011 | Belgian Pro League | 32 | 5 | 0 | 0 | — | 3 | 1 | 0 | 0 | 35 | 6 | ||
2011-2012 | Belgian Pro League | 28 | 8 | 1 | 0 | — | 6 | 0 | 1 | 0 | 36 | 8 | ||
Jami | 97 | 16 | 3 | 0 | — | 11 | 1 | 2 | 0 | 113 | 17 | |||
Chelsea | 2012-2013 | Premier League | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
2013-2014 | Premier League | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | — | 9 | 0 | ||
Jami | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | ||
Werder Bremen (ijara) | 2012-2013 | Bundesliga | 33 | 10 | 1 | 0 | — | — | — | 34 | 10 | |||
VfL Wolfsburg | 2013-2014 | Bundesliga | 16 | 3 | 2 | 0 | — | — | — | 18 | 3 | |||
2014-2015 | Bundesliga | 34 | 10 | 6 | 1 | — | 11 | 5 | — | 51 | 16 | |||
2015-2016 | Bundesliga | 2 | 0 | 1 | 1 | — | — | 1 | 0 | 4 | 1 | |||
Jami | 52 | 13 | 9 | 2 | — | 11 | 5 | 1 | 0 | 73 | 20 | |||
Manchester City | 2015-2016 | Premier League | 25 | 7 | 1 | 1 | 5 | 5 | 10 | 3 | — | 41 | 16 | |
2016-2017 | Premier League | 36 | 6 | 5 | 0 | 1 | 0 | 7 | 1 | — | 49 | 7 | ||
2017-2018 | Premier League | 37 | 8 | 3 | 1 | 4 | 2 | 8 | 1 | — | 52 | 12 | ||
2018-2019 | Premier League | 19 | 2 | 4 | 2 | 5 | 2 | 4 | 0 | 0 | 0 | 32 | 6 | |
2019-2020 | Premier League | 35 | 13 | 2 | 1 | 3 | 0 | 7 | 2 | 1 | 0 | 48 | 16 | |
2020-2021 | Premier League | 25 | 6 | 3 | 1 | 4 | 0 | 8 | 3 | — | 40 | 10 | ||
2021-2022 | Premier League | 30 | 15 | 3 | 1 | 2 | 1 | 10 | 2 | 0 | 0 | 44 | 19 | |
2022-2023 | Premier League | 9 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 12 | 1 | |
Jami | 216 | 58 | 21 | 7 | 24 | 10 | 56 | 12 | 2 | 0 | 319 | 87 | ||
Umumiy karyerasida | 401 | 97 | 34 | 9 | 27 | 10 | 81 | 18 | 5 | 0 | 548 | 134 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Genk“
- Belgiya chempioni: 2010-2011
- Belgiya kubogi sohibi: 2008-2009
- Belgiya Superkubogi sohibi: 2011-yil
- Angliya chempioni (4): 2017-2018, 2018-2019, 2020-2021, 2021-2022
- Angliya kubogi gʻolibi: 2018-2019
- EFL kubogi sohibi (5): 2015-2016, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020, 2020-2021
- Angliya Superkubogi sohibi (2): 2018, 2019
- UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2020-2021
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kevin De Bruyne“. National Football Teams. 2012-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-may.
- ↑ „Finland 2–0 Belgium“. 2012-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-iyun.
- ↑ „Итоги ЧМ-2014. Бельгия“. Football.ua. 2014-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
- ↑ „Belgium's 2018 World Cup squad: Who joins Hazard & Lukaku in the 23-man squad? | Goal.com“. www.goal.com. 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
- ↑ „Бельгия - Панама: дубль Лукаку помог бельгийцам разгромить дебютантов на ЧМ-2018“ (ru). www.sport-express.ru (2018-yil 18-iyun). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
- ↑ Василий Конов-мл. „Бельгия обыграла Бразилию и вышла в полуфинал ЧМ-2018“ (ru). Спорт РИА Новости (7-iyul). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
- ↑ „Франция - Бельгия (1:0) 10 июля 2018. Чемпионат мира. 2018. Финальный турнир. Протокол матча“ (ru). news.sportbox.ru. 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
- ↑ „Бельгия заняла третье место в Чемпионате мира по футболу FIFA 2018 в России™. Новости. Первый канал“ (ru). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
- ↑ „Де Брюйне пропустит игру с Россией: «Надеюсь сыграть во втором матче. Боль еще есть»“. 2021-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- Belgiyalik futbolchilar
- Yashayotgan insonlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- 28-iyunda tugʻilganlar
- Erkak futbolchilar pozitsiyalari boʻyicha
- 2023-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2022-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2021-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2020-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2018-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2017-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchilari