[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Karl Yaspers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karl Yaspers (1883.23.2, Oldenburg — 1969.26.2, Bazel) — nemis faylasufi, ekzistensializm asoschilaridan biri, psixiatr. Germaniyaning bir necha untida tibbiyot va psixologiyani oʻrgangan. 1921—37 va 1945-yildan Geydelberg universiteti, 1948-yildan Bazel universiteti professor Yaspers ekzistensializmi chegaraviy faoliyatlar toʻgʻrisidagi taʼlimotida yaqqol koʻrinadi. Uning fikricha, borliqning mohiyati insonga uning chuqur kechinmalari davri (qoʻrquv, oʻlim, mudhish jinoyat va boshqalar)da ayon boʻladi. Insonning vujudga kelishi toʻgʻrisidagi masalani Yaspers eng muhim masala deb hisoblab, inson hamma narsaning bevosita asosidir, olamdagi aloqadorlikning barcha turlari va barcha biologik taraqqiyot jarayoni odamning oʻziga emas, balki insoniy modda, insoniy materialga daxldor, degan fikrni ilgari suradi. Asosiy asarlari: "Ekzistensial falsafa" (1938), "Haqiqat toʻgʻrisida" (1947), "Tarixning maʼnosi va vazifasi" (1949), "Falsafaga kirish" (1950), "Atom bombasi va insoniyatning kelajagi" (1958) va boshqalar