[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Karbonatli jinslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karbonatli jinslar - kalsiy, magniy, temir karbonatlaridan tashkil topgan togʻ jinslari. Karbonatli jinslarning choʻkindi (ohaktosh, dolomit, mergel, boʻr va b.), metamorfogen (marmar) va magmatogen (karbonatit) turlari farq qilinadi. Karbonatli jinslarga koʻpincha gil va organik moddalar, kvars, glaukonit, pirit, fosforit va b. aralashgan boʻladi. Karbonatli jinslarning asosiy qismi dengiz va koʻl havzalarida choʻkindi tarzida hosil boʻladi va barcha choʻkindi jinslarning 20% pni tashkil etadi. Tipi va xili koʻp. Karbonatli jinslar Yer poʻstida koʻp tarqalgan, qalinligi bir necha yuz metr va uzunligi yuzlab km gacha qatlamlar hosil qiladi. Karbonatli jinslar universal mineral xom ashyodir; qurilishda, ohak tayyorlashda, sellyuloza-qogʻoz, sement sanoati, qora va rangli metallurgiyada flyus sifatida, qishloq xoʻjaligida, tuproq tarkibini yaxshilashda, aralash yem tayyorlash va b.da ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil