[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kosmik fizika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kosmik fizika — astrofizika va fizika usullarini yaqin kosmik fazodagi turli obʼyektlarga qoʻllash hamda kosmik rasadxonalar uchirib Yer atro-fidagi kosmik fazo, shuningdek, Kuyosh sistemasidagi fizik hodisalarni oʻrganuvchi fan. U baʼzan kosmik fazo fizikasi deb ham ataladi. Kosmik fizika dastlab astrofizika bilan birga rivojlanib, oʻz ichiga butun Koinot fizikasini ola boshlagan. Keyinchalik esa astrofizika va kosmologiya faol rivojlana boshlagan. Endi Kosmik fizika, asosan, Quyosh sistemasi va unga yaqin fazo fizikasi muammolarini oʻrganish bilan shugʻullana boshladi. Xususan, Yer yaqinidagi kosmik fazo fizikasi juda murakkab boʻlib, uning va Yer magnitosferasining xususiyatlari yaxshi oʻrganilmagan. Yer atmosferasining yuqori qismi Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlar taʼsirida ionlashgan plazma holatida kuzatiladi. Yerning radiatsion mintaqalari, magnitosfera deb ataluvchi Yerning toʻrtinchi plazma qobigʻi, Quyosh shamolining kashf etilishi, Yer magnit maydoni va sayyoralararo fazo magnit maydonining tuzilishini oʻrganish Kosmik fizika ning ulkan yutugʻi boʻldi. Olingan eksperimental maʼlumotlar Quyosh — Yer yuzasidagi aloqalarning muammolarini, yaʼni Quyosh va Yer atrofidagi kosmik fazoning Yerdagi turli geofizik va biologik jarayonlarga taʼsiri bilan bogʻliq koʻpgina masalalarni bayon etish imkonini berdi. Sayyoralararo fazo, sayyoralar, kometalar, asteroidlar, Quyosh sistemasini oʻrab turuvchi Oortning kometalar buluti Kosmik fizika fani obʼyektlaridir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil