[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kometa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kometalardan yoʻnaltirildi)
Hale-Bopp kometasi (1997-yil, mart)
Hale-Bopp kometasi (1997-yil, mart)

Kometalar (yunon. kometes — uzun sochli; belgisi: ☄) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida „dum“ chiqaradi (baʼzan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Odatda, Kometalarning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi.

Kometalar (yun. kometes — uzun sochli) — Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari. K.ning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga Qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida "dum" chiqaradi (baʼzan bir necha "dum" chiqarishi qam mumkin). Odatda, K.ning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5—10 ta kometa kashf etiladi. Quyosh atrofida aylanish davrlari ularning orbitalari choʻzikligiga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ularning Quyoshga yaqinlashishi bir necha yildan ming va undan ham ortiq yilda toʻgʻri kelishi mumkin. K.ning orbita tekisliklari fazoda ixtiyoriy ravishda joylashgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan katta sayyoralar taʼsirida oʻz vaziyatlarini oʻzgartiradi. K. yaqinlashgan sari ularning orbitadagi tezligi ortib (500 km/s gacha) boradi. Perigeliy nuqtasidan oʻtgach, bu tezlik yana kamaya boradi. Shunday katta tezlikka ega boʻlgan K.dan baʼzilari sayyoralar bilan toʻqnashishi ham mumkin. Masalan, Oy sirtidagi kraterlarning kelib chiqishida K.ning ham "xizmati" bor. K. bosh va dum qismlarga ajratilib tekshiriladi. K. hali Quyoshdan uzoqda boʻlganda uning suv, ogʻir elementlar, gaz-changlardan tashkil topgan moʻzlagan yadro qismigina kuzatiladi. K. bilan Quyosh orasidagi masofa 3—5 astronomik birlikka (a. b.) tenglashganda Quyosh nurlari taʼsirida yadro oʻzidan yengil gaz va chang zarralarini chiqara boshlaydi. Bu zarralar yadro atrofida tuman qobiq — koma hosil qiladi. Ana shu yadro bilan qobiq birga K.ning "boshi"ni tashkil etadi. K. yadrolarining diametri, odatda, 0,5—20 km, massasi 10"—10" kg boʻladi. K. bilan Quyosh orasidagi masofa keskin qisqarganda Quyosh nurlarining itarish kuchlari yengil chang va boshqa elementlarni K.dan tashqariga chiqib ketishga majbur etadi va K.da dum hosil boʻladi. Hamma K.da ham dum boʻlavermaydi. Dum boʻlishboʻlmasligi K.ning Quyoshdan uzoqyaqinligiga, massalariga, ob-havoning tiniqligi va boshqalarga bogʻliq. K. chang boshi (diametri) bir necha ming km.dan 1–2 km.gacha, dumi esa baʼzan bir necha oʻn million km.gacha choʻzilgan boʻlishi mumkin. K. dumlarining koʻrinishiga qarab ularni 3 turga ajratish qabul qilingan: Quyoshdan qarama-qarshi tomonga toʻgʻri yoʻnalgan dumlar I turga; K.ning orbital qarakatlari yoʻnalishiga teskari tomonga ancha burilgan dumlar II turga; qisqa, deyarli toʻgʻri va orbital harakat yoʻnalishiga bir oz teskari burilgan dumlar III turga kiradi. I turdagi dumlar plazmalardan tashkil topgan boʻlib, Quyosh shamoli taʼsirida sekundiga oʻnlab va yuzlab km tezlikda K. yadrosini tark etadi. II va III turdagi dumlar chang va zarralardan tashkil topgan. K.lar spektrlarini tekshirish ularning yadrolarini juda mayda qattiq moddalar — temir, kalsiy, nikel, natriy, magniy, kremniy, marganets va moʻzlagan turli gazlar (SN4, NH4, N2O, SO2) aralashmasidan iboratligini koʻrsatadi. K.larning kelib chiqishi haqidagi koʻplab nazariyalar ichida hrzir qabul qilingan nazariyaga muvofiq, ular Quyosh sistemasidagi sayyoralarning hosil boʻlishi davrida gaz-chang qoldiqlaridan paydo boʻlgan. Hozirgacha mingdan ortiq K. qayd qilingan, baʼzilari bir necha martalab kuzatiladi (2002).

Eng mashhur davriy K. — Galley kometasi (davri R=76 yil), Enke kometasi (R=3,3 yil), Shvassman — Vaxman kometasi (kometa orbitasi Yupiter va Saturn orbitalari orasida joylashgan). Galley kometasi 1986-yil perigeliy orqali oʻtganda sobiq Ittifoq, gʻarbiy Yevropa va yapon kosmik apparatlari yordamida tadqiq qilingan. K. tabiatini yaxshiroq oʻrganish uchun uni modellashtirishga doir lab. tajribalaridan foydalaniladi. Geofizik raketalar va kosmik zondlar yordamida bir necha yuzdan bir necha oʻn ming km balandlikda ishqoriy metallar bugʻidan sunʼiy bulutlar — sunʼiy K. hosil qilingan. Ular ochiq kosmosda K.ni modellash uchun negiz yaratdi. K.ning Quyoshga navbatdagi yaqinlashishida biron bir davriy kometaga kosmik zond chiqarib, uning tarkibi, magnit maydonlari va boshqa fizik xususiyatlari toʻgʻrisidagi bevosita maʼlumotlar olish rejalashtirilgan kometalarni oldingi odamlar dumli yulduzlar deb ham atashgan[1].

  1. Abdusalom Latipov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil