[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Frankfurt yashil sousi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Frankfurt yashil SOS
Mevsimsel sotuvda Frankfurt yashil SOS uchun bir qator oʻtlar bilan oʻralgan
Frankfurt yashil sosu haykali

Frankfurt yashil sousi (nemischa: Frankfurter Grüne Soße  — nemis oshxonasining yashil souslaridan biri. U smetanaga yetti xil yangi sarxil oʻtlardan tayyorlanadi. Frankfurt yashil sousi sarsabil (asparagus), mol goʻshti va baliq taomlari bilan birga beriladi. Bundan tashqari, dumaloq qilib qaynatilgan tuxum hamda qaytanilgan kartoshka bilan dasturxonga tortiluvchi yashil sousli mavsumiy bahor taomi ham shunday ataladi[1]. Frankfurt- un-Maynning 2016-yildan Yevropa Ittifoqi geografik koʻrsatkichi bilan himoyalangan pazandachilik oʻziga xosligi [2] va milliy taomi[2][3]. Frankfurtda har yili anʼanaviy Yashil sous festivali oʻtkaziladi va shaharga yettita yashil issiqxona koʻrinishidagi perspex yodgorligi oʻrnatilgan[2].

Frankfurt yashil sousining kelib chiqishi aniq maʼlum emas. Ajoyin, ammo asossiz rivoyatga koʻra, Frankfurt yashil sousi J. W. Goethe[4]ning sevimli taomi boʻlgan va uning onasi Katarina Elizabet Gyote[5] tomonidan ixtiro qilingan. Frankfurt yashil sousining retsepti ilk bor 1860-yilda Vilgelmina Ruhrig tomonidan nashr qilingan oshpazlik kitobida eʼlon qilingan. Frankfurtda noommabop boʻlgan yana bir fikrga koʻra, yashil sousni shaharga fransuz gugenotlari olib kelgan[6].

Frankfurt yashil sousini tayyorlash mavsumi Buyuk Payshanba kuni boshlanadi va kuzgacha davom etadi[7]. Frankfurt yashil sousining umum qabul qilingan yagona retsepti yoʻq, ammo unga qoʻshiladigan masalliqlar Frankfurtning Oberrad tumanida yetishtiriladigan kamida[8] yettita oʻtni oʻz ichiga olishi kerak. Bular: bodring oʻt, kervil, kress-salat, petrushka, kichik burnet, otquloq va sibulet piyozi. Bu oʻtlar sogʻliq uchun foydali deb hisoblanadi. Masalan, hodan melanxoliyani davolaydi, kervil metabolizm, moddalar almashinuvini faollashtiradi, otquloq tanani tozalaydi, petrushka uni temir bilan taʼminlaydi. Frankfurt yashil sousi uchun oʻtlar faqat qoʻl bilan tebranuvchi pichoq yordamida maydalanadi, smetanadan tashqari, sousga qaymoq, xantal, tuz, murch va sirka, baʼzan yerqalampir (horseradish) qoʻshiladi[2]. Frankfurt oʻtlar toʻplami yashil sariyogʻ tayyorlash uchun ham mos keladi[9].

  • Markina L. G. FRANKFURTER GRÜNSAUCE FRANKFURTSKIY ZYeLYoNIY SOUS // Kultura Germanii: lingvostranovedcheskiy slovar / pod obщey redaksiey prof. N. V. Muravlyovoy. — M.: AST, 2006. — S. 278. — 1181 s. — 3000 ekz. — ISBN 5-17-038383-5.
  • Кох Г., Фукс М. „Соус зелёный франкфуртский“, . Производство и рецептуры мясных изделий, Научные основы и технологии. СПб.: Профессия, 2005 — 597-bet. ISBN 5-93913-074-7. 
  • Erhard Gorys. Frankfurter Sauce // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 158. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.