[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Deezer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deezer
Joriy holati Faol
Tijoratmi Ha
Roʻyxatdan oʻtish Talab qilinadi.
Qaysi tillarda 180+ davlatlarda[1]
Muassisi Access Industries[2]
(2016–hozirgacha)
Muallifi Daniel Marhely
Jonathan Benassaya
Prezident Jeronimo Folgueira
Matthieu Gorvan
Bosh ijrochi direktor Aurélien Hérault
Ochilgan sanasi avgust2007 (17 yil avval) (2007-08)
Joylashuv Parij
Mamlakat Fransiya[3]
URL deezer.com

Deezer Fransiyaning musiqa ijarasi xizmati.

Deezerning 1-logotipi

2006-yilda Daniel Marheli Blogmusik deb nomlangan Deezerning birinchi versiyasini ishlab chiqdi. Asl nusxadagi sayt fransuz agentligi SACEM tomonidan mualliflik huquqini buzganlikda ayblangan va 2007-yil aprel oyida yopilgan[4]. 2007-yil avgust oyida Deezer sifatida qayta ishga tushirildi va SACEM bilan mualliflik huquqi egalariga saytdagi reklamadan tushgan daromadning bir qismini toʻlash boʻyicha kelishuvga erishdi[5] va foydalanuvchilarga Deezerda joylangan qoʻshiqlarni iTunes orqali yuklab olinishidan Deezer komissiya oladi[4].

Ishga tushirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda ishga tushirilganda Deezer hali yirik musiqiy guruhlar bilan shartnomalar tuzmagan edi va shuning uchun cheklangan katalog taklif qilgan[4]. Toʻrtta eng yirik kompaniyalar bilan shartnomalar imzolanishi uchun ikki yildan koʻproq vaqt kerak boʻldi. 2011-yilga kelib kompaniya sakkiz millionga yaqin qoʻshiqqa ega boʻldi[4]. Faoliyatining birinchi oyida Deezer veb-sayti 773 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilarga ega boʻldi va keyingi bir necha yilda trafik tez surʼatlar bilan oʻsib bordi. 2008-yilning mayiga kelib, ushbu xizmatdan har oyda 2,75 million kishi foydalangan boʻlsa, 2009-yil dekabrida kelib foydalanuvchilar soni yetti millionga yetdi[4].

Foydalanuvchilar soni tezlik bilan oshi borganiga qaramay, Deezer moliyaviy muammolarga duch keldi. 2008-yilning birinchi yarmida kompaniya atigi 875 000 daromad koʻrdi, bu esa litsenziya toʻlovlarini toʻlash uchun yetarli emas edi[4]. 2008-yilning iyul oyida kompaniya Deezer Media reklama agentligi orqali reklama olishni boshladi. 2008-yil oktabr oyida Deezer AGF Private Equity va CM-CIC Capital Privedan 8,4 million dollar mablagʻ oldi va kompaniyaga jami sarmoyani 15,8 million dollarga yetkazdi[6]. Kompaniya 2009-yilning fevral oyida foydalanuvchilar haqida aniqroq maʼlumotlarni toʻplash, koʻproq maqsadli reklamalarni koʻatish uchun majburiy roʻxatdan oʻishni joriy qildi va 2009-ilning noyabr oyida qoʻhiqlar orasida audio reklamalarni qoʻyishni boshladi[4].

2009-yil 5-noyabrda Deezer yangi uch bosqichli xizmat modelini ishga tushirdi. Asosiy bepul veb-strimingni davom ettirish bilan birgalikda, kompaniya ikkita obuna xizmatini ham joriy qildi: oyiga 4,99 yevro toʻlagan foydalanuvchilar reklamasiz yuqori sifatli musiqani eshitishlari mumkin va oyiga 9,99 yevro toʻlagan foydalanuvchilar kompyuterlariga, shuningdek Android, BlackBerry va iOS mobil qurilmalariga ham yuklab olishlari mumkin edi[7].

2010-yil yanvar oyida Axel Dauchez kompaniyaning bosh direktori va hammuassisi Jonathan Benassayani asosiy bosh direktor lavozimiga almashtirdi. Ayni shu damda Deezerning 12 million foydalanuvchisidan 15 000 dan kamrogʻi uning obuna xizmatlariga roʻyxatdan oʻtgan edi[8]. 2010-yil avgust oyida Orange(ingl.) uyali aloqa operatori Deezer bilan hamkorlik qilib, Deezer striming paketlarining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan Deezer Premiumdan bepul foydalanishni oʻz ichiga oladigan tarif ishlab chiqdi[9]. Hamkorlik boshlanganidan koʻp oʻtmay Deezer premium xizmatlariga roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni oyiga 6000 dan 100 000 gacha koʻtarildi. 2011-yilning yanvariga kelib, 500 000 kishi xizmatga obuna boʻldi va 2011-yilning oʻrtalarida millioninchi abonent aparti qoʻshildi, bu Deezer kutganidan yarim yil oldinroq edi[4]. Ikki kompaniya hamkorlikni kengaytirdi. 2011-yil sentyabr oyida Orange bu tarifni Buyuk Britaniyadagi abonentlar uchun ham ochiq deb eʼlon qildi[10]. Shuningdek, sentyabr oyida Deezer oʻz xizmatiga Facebook integratsiyasini qoʻshdi, bu foydalanuvchilarga ushbu ijtimoiy media xizmati orqali bir-biriga musiqa yuborish imkonini berdi[11].

Xalqaro kengayish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
-mart, 2022-yil(2022-03-00) holatiga koʻra, Deezerning qaysi davlatlarda mavjudligi

Deezer 2007-yilda Fransiyada ishlab chiqarilgan boʻlib, 2017-yilga kelib bozor yetakchisi boʻldi[12]. 2011-yil 7-dekabrda, oʻsha paytda faqat Belgiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada mavjud boʻlgan Deezer 2011-yilning qolgan qismida va 2012-yilda ham butun dunyo boʻylab kengayish rejalarini eʼlon qildi[13]. Rejalariga koʻra, kompaniya yil oxirigacha butun Yevropaga, 2012-yil yanvar oyi oxirigacha Amerika qitʼasi boʻylab (AQShdan tashqari), Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoga fevral oyi oxirigacha, va iyun oyining oxiriga qadar dunyoning qolgan mamlakatlariga (Yaponiyadan tashqari) oʻz xizmatlarini taqdim etishni rejalashtirgan edi[13].

Xizmat 2012-yil 15-martgacha butun Yevropa boʻylab mavjud emas edi[14], va xizmatlar 25-aprelda Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya boʻylab taqdim etildi[15] 8-iyun kuni Deezer Braziliya, Kuba yoki Venesuelada boʻlmasa-da, Lotin Amerikasining 35 ta davlatida mavjudligini eʼlon qildi[16]. 15-avgust kuni Deezer bir necha hafta ichida Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Filippin, Singapur va Tailandda oʻz hizmatlarini boshlashini eʼlon qildi[17].

2012-yil 8-oktabrda Deezer xalqaro kengayish maqsadida foydalanish uchun Access Industries kompaniyasidan 130 million dollar mablagʻ olganini eʼlon qildi[6]. Ikki kundan soʻng kompaniya 76 ta yangi bozorga kengayib, butun dunyo boʻylab jami 160 ta mamlakatga etkazilganligini eʼlon qildi[18]. 21-dekabr kuni Deezer butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar uchun oyiga ikki soat bepul, reklama mavjud boʻlgan musiqa oqimini taklif qiluvchi yangi xizmat tarifini eʼlon qildi, bu kompaniyaning Fransiyadan tashqaridagi birinchi bepul musiqa striming tarifi edi[19]. Bosh direktor Dauchez Deezer AQSh bozoriga kirishning „aql bovar qilmaydigan darajada yuqori“ xarajatlarini qoplash uchun „bizni katta hajmdagi obunachilar bilan taʼminlay oladigan“ xizmatni Qoʻshma Shtatlarda joriy qilish uchun hamkor qidirayotganini taʼkidlagan[19]. 2012-yil dekabr oyi holatiga koʻra, Deezer 20 million qoʻshiqqa ega boʻlgan yetti millionga yaqin oylik faol foydalanuvchilarning ikki millionga yaqini obunalar uchun pul toʻlagan[20]. Bosh direktor Dauchez, 2016-yilga kelib kompaniya jahon musiqa bozorining besh foizini egallashini maqsad qilgan[20].

2013-yil yanvar oyida Deezer oʻzining Afrika, Osiyo, Braziliya, Yaqin Sharq va Amerika Qo'shma Shtatlari boʻylab 22 ta yangi davlatga kengayganini eʼlon qildi va ularning umumiy soni 182 taga yetdi[21][22]. Biroq, faqatgina tanlangan ayrim qurilmalalar bilangina foydalanish mumkin edi[23]. 2016-yil iyul oyida Deezer AQShni foydalanish mumkin boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga qoʻshdi[24]. 2022-yil mart oyi holatiga koʻra, 185ta davlatda Deezer xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bor[25].

Kengaytirilgandan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu kengayishdan keyin, 2013-yilda Deezer LG Electronics, Samsung Electronics va Toshiba kabi kompaniyalar bilan aqlli televizorlarda ham platformadan foydalanish imkoniyatini berish maqsadida hamkorlik qilganini eʼlon qildi[26][27].

Oʻshandan beri Deezer bir qator yangiliklarni eʼlon qildi, jumladan, Developer Reward sxemasi, mobil ilovalar studiyasi va API yangilanishlari[28] , Android foydalanuvchilari uchun mobil ilovasining yangi, eksklyuziv beta-versiyasi[29] va Windows 8 uchun yangi Deezer ilovasini[30] ham taqdim qildi.

2013-yil aprel oyida Deezer iOS ilovasi uchun yangi aqlli keshlash funksiyasi bilan yangiladi, bu esa ilovaga hatto tarmoq qamrovi zaif hududlarda ham foydalanuvchining eng koʻp ijro etilgan treklarini aniqlash va eslab qolish imkonini beradi[31].

2014-yil iyun oyida Deezer Samsung bilan Yevropadagi Samsung Galaxy S5 foydalanuvchilariga bepul, olti oylik Deezer Premium+ obunasini beruvchi yangi hamkorlikni eʼlon qildi. Samsung va Deezer Samsungning Multiroom Wireless Audio mahsulotlari, jumladan M5 va M7 qatorli Multiroom simsiz audio dinamiklari uchun Deezer Premium+ ga olti oylik bepul obunani taklif qilish orqali hamkorlikni kengaytirdi[32]. Samsung Buyuk Britaniyadagi filiali va Deezer ushbu aksiyani 2016-2018-yillarda yana taklif qildi[33][34].

2014-yil iyun oyida Deezer va Google hamkorlikda Google Chromecast foydalanuvchilariga Android va iPhone ilovalaridan Chromecast orqali oʻz telefonlaridan televizorlariga musiqa uzatish imkonini berdi. Chromecastni qoʻllab-quvvatlash Deezer Premium+ foydalanuvchilari uchun 2014-yil 25-iyundan boshlab Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya va Buyuk Britaniyada mavjud boʻldi[manba kerak].

2014-yil sentabr oyida Deezer Sonos uchun va ular bilan hamkorlikda yaratilgan yangi eksklyuziv xizmat Deezer Eliteni eʼlon qildi. Deezer Elite amerikalik Sonos Hi-Fi Systems foydalanuvchilariga CD-sifatli audio taqdim etadi. Xizmat butun dunyo boʻylab faqat Deezer-ning Sonos foydalanuvchilari uchun mavjud[35].

AQShda Deezer HiFi oylik $19,95 obuna evaziga 16-bit/44,1 kHz FLAC sifatli 36 million trekni taklif etadi. U Faqat tanlangan tovush tizimlari va ish stoli ilovasida mavjud va telefonlarga 320 kbit/s tezlikda yuklab olishlari mumkin[36].

2014-yil oktyabr oyida Deezer Bose SoundTouch va SoundLink mahsulotlaridan endi Deezer Premium+ xizmatida foydalanish mumkinligini eʼlon qildi. Bu hamkorlik birinchi navbatda Qoʻshma Shtatlarda yoʻlga qoʻyildi va keyin butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar uchun ochiq boʻldi[37].

2014-yil oktyabr oyida Deezer Stitcher Radio Deezer bilan birlashishini eʼlon qildi. 2015-yilga kelib, Deezer foydalanuvchilari Deezer ichidagi Stitcher Radio funksiyalaridan foydalanishlari mumkin boʻldi[38].

2014-yil dekabr oyida Deezer va Pepsi oʻz ijodkorlarining profillarini oʻstirishda menejerlar va guruhlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Midem Artist Accelerator dasturini yaratish boʻyicha hamkorlikni eʼlon qildi[39][40]. 2016-yil iyun oyida u Stitcherni E. W. Scripps Companyga 4,5 million dollarga sotdi[41]

2021-yilning birinchi choragida Deezer musiqa striming xizmati bozorining 2% bozor ulushini egalladi. 2021-yil iyul oyida Deezer bepul akkaunt foydalanuvchilari musiqani translatsiya qilish uchun Google Assistant dinamiklaridan foydalanishi mumkinligini eʼlon qildi[42][43].

2022-yil 5-iyulda Deezer ommaviy sotiladigan kompaniyaga aylandi[44].

Obunalar Reklama Oʻtkazib yuborish Offline rejimi TV, HiFi, va transportlarda Google Chromecast mavjud Hisoblar Eng yuqori sifat
Bepul Deezer Reklama mavjud Andoza:Yes-no Mavjud emas Mavjud (Cheklangan) Mavjud (Cheklangan) 1 MP3 sifati (128 kbit/s)
Deezer Student Yoʻq Cheklanmagan oʻtkazib yuborishlar Mavjud Mavjud Mavjud 1 CD (16-Bit/44.1 kHz FLAC)
Deezer Premium Yoʻq Cheklanmagan oʻtkazib yuborishlar Mavjud Mavjud Mavjud 1 CD (16-Bit/44.1 kHz FLAC)
Deezer (oilaviy) Yoʻq Cheklanmagan oʻtkazib yuborishlar Mavjud Mavjud Mavjud 6 CD (16-Bit/44.1 kHz FLAC)


  1. „Deezer press page show company stats“. Qaraldi: 6-dekabr 2015-yil.
  2. „Warner Music's Parent Company Now In Control of Deezer Following French Approval“. Billboard. 9-avgust 2016-yil. 12-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 „Deezer: Profitability Down the Line?“. INA Global (19-avgust 2011-yil). 3-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2012-yil.
  4. „Exclusive: BlogMusik To Go Legit; Launches Free & Legal Music On Demand“. TechCrunch.com (21-avgust 2007-yil). 9-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2012-yil.
  5. 6,0 6,1 „Deezer's Expansion Plans Get a Boost“ (2012-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  6. „Digital music startup Deezer debuts desktop client, premium offering“. TechCrunch.com (2009-yil 5-noyabr). 2013-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  7. „Post bloodletting, Deezer appoints a new CEO“. TechCrunch.com (2010-yil 28-yanvar). 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  8. „Orange brings Deezer Premium to its customers“. Screen Digest (2010-yil 6-avgust). 2013-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  9. „Deezer takes on Spotify with Orange deal“ (2011-yil 7-sentyabr). 2012-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  10. „Deezer enters realm of Facebook“. Telecompaper (2011-yil 23-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  11. Sophie Sassard. „Deezer: The French music streaming service taking on Spotify, Apple and Amazon“. The Independent (2017-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 27-dekabr. „The unlisted company, which launched a decade ago, is the market leader in its home market of France“.
  12. 13,0 13,1 „Deezer plans to launch music service in 200 countries by June 2012 (but not in the US and Japan)“. TechCrunch.com (2011-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  13. „Deezer now covers all European countries from Iceland to Russia (46 countries)“. The Next Web (2012-yil 15-mart). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  14. „Spotify rival Deezer continues its worldwide expansion with the launch in Canada, Australia, and New Zealand“. The Next Web (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  15. „Music streaming service Deezer goes live in 35 Latin American territories today“. The Next Web (2012-yil 7-iyun). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  16. „European Music Streaming Service Deezer Heads to Asia; Partners With Telco dTac In Thailand“. TechCrunch.com (2012-yil 15-avgust). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  17. „Deezer's streaming music service now available in 160 countries, US market 'not ready'“. The Verge (2012-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  18. 19,0 19,1 „Spotify Rival Deezer Eyes U.S“. The Wall Street Journal (2012-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  19. 20,0 20,1 „Deezer's CEO Axel Dauchez On Cracking Into The U.S. And Why It's Not Just Another Spotify“. TechCrunch.com (2012-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  20. „Deezer Takes On Spotify With Expansions In Middle East, Africa, Brazil And Asia“. TechCrunch.com (2013-yil 28-yanvar).
  21. „Deezer compte se lancer aux Etats-Unis en 2014“ (fr). Challenges.fr (2013-yil 20-noyabr).
  22. „Deezer, entering US“. CNET. Qaraldi: 2016-yil 23-yanvar.
  23. „Deezer Music Preview for Windows 10 PC and Mobile is now available for U.S. users“. windowscentral.com (2016-yil 2-iyul). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  24. „Deezer for developers“. developers.deezer.com. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  25. „Deezer is bringing its streaming music service to smart TVs, via deals with Samsung, LG and Toshiba“. The Next Web (2013-yil 6-fevral). Qaraldi: 2013-yil 26-fevral.
  26. „McBess draws for Deezer“. designweek.co.uk. Qaraldi: 2013-yil 26-fevral.
  27. „Music streaming service Deezer adds third-party app discovery to smartphones, updates its API“. The Next Web (2013-yil 13-mart). Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  28. „Deezer for Android gets a redesign, predictive search function in new beta version“. Engadget. Qaraldi: 2013-yil 3-aprel.
  29. „Deezer launches Windows 8 app for its on-demand music streaming service ahead of Spotify and Rdio“. The Next Web (2013-yil 17-aprel). Qaraldi: 2013-yil 17-aprel.
  30. „Deezer adds 'smart caching' to its iOS app“. MusicAlly.com. Qaraldi: 2013-yil 26-aprel.
  31. „Six months of music free from Samsung and Deezer“. HEXUS.net (2014-yil 4-iyun). Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  32. „Up to 2 years of music when you buy two or more selected Multiroom products“ (en-GB). Samsung.com. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  33. „How to claim your complimentary Deezer Premium+“. currys.co.uk. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  34. „Exceptional audio quality with Deezer Elite and Sonos“. deezer.com (2014-yil 10-sentyabr). 2014-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
  35. „Deezer HiFi“. deezer.com.
  36. „U.S. music fans can now enjoy Deezer Premium+ on Bose products“. deezer.com (2014-yil 2-oktyabr). 2014-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
  37. „Stitcher joins Deezer!“. stitcher.com. 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-oktyabr.
  38. Green, Tim „Deezer: bring on the competition, there are 3.47bn more streaming music consumers to go round“. Hot Topics (2015-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  39. „Midem, Pepsi, and Deezer team up for 'artist accelerator'“. musically.com (2014-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 14-yanvar.
  40. Roettgers, Janko „Scripps Buys Podcast Service Stitcher from Deezer“. Variety (2016-yil 6-iyun).
  41. „Spotify Is Slowly Losing Market Share to Rivals Including Tencent, Amazon“ (en-US). Digital Music News (2021-yil 14-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  42. „Deezer free users can now stream through Google Home/Nest speak“ (en-gb). pocket-lint.com (2021-yil 13-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  43. Peoples, Glenn (5 July 2022). „Deezer Shares Fall 29% on First Day of Public Trading“. Billboard. Qaraldi: 5 July 2022.