[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Galaktik tumanlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galaktik tumanliklar - Galaktika tarkibiga kiradigan gaz, chang yoki gaz-chang bulutlari. Shakliga qarab, diffuz, planetar, oʻta yangi yulduzlarning portlashi qoddiqlari va boshqa xillarga boʻlinadi. Diffuz tumanliklar Galaktika umumiy gazchang qatlamining bir qismi. Emission, nurlanuvchi (nur qaytaruvchi) va qora (xira) Galaktik tumanlik farq qilinadi. Emission Galaktik tumanlik bir yoki bir necha qoʻshni qaynoq yulduzlarning ultrabinafsha nurlanishi (lyuminessensiya) taʼsirida porlab koʻrinadi. Bundam Galaktik tumanlik temperaturasi 800 K, zichligi 10"23—10-21 g/sm3, massasi — birdan bir necha oʻn Quyosh massasi (Ms)ra teng. Nurlanuvchi Galaktik tumanlikning nurlanishi qaynoqligi pastroq qoʻshni yulduzlarning yorugʻlik sochishi bilan bogʻliq. Qora (xira) Galaktik tumanlik Somon yoʻli yoki nurlanuvchi Galaktik tumanlik fonida koʻrinadi. Qora tumanlik bilan nurlanuvchi tumanlik orasidagi farq shuki, qora tumanlik yaqinida yoritilgan yulduzlar boʻlmaydi. Qora tumanlik temperaturasi 5—50 K, zichligi 102—104 mol/sm3, massasi — 103— 104 Mv. Baʼzan bu uch tur tumanliklar birgalikda uchraydi. Planetar Galaktik tumanlik halqasimon yoki amorf tumanlik boʻlib, markazida oʻzak (temperaturasi 50—100 ming K boʻlgan yulduz) joylashgan. Ana shu oʻzak tumanlikning lyuminessent nurlanishiga sabab boʻladi. Ularning temperaturasi 10—20 ming K, zichligi har sm3 da mingdan oʻnlarcha ming atomgacha, massasi 0,1 Me chamasida. Bu tumanliklar va ularning oʻzaklari kizil gigantlarning evolyutsiyasi jarayenida hosil boʻladi. Oʻta yangi yulduzlarning portlashi qoldiqpari ingichka tolasimon emission tumanliklar boʻlib, oʻta yangi yulduzning portlashi natijasida vujudga keladi. Bu tumanliklar sinxrotron radionurlanish va issiqlik spektrli mayin rentgen nurlanish manbai hisoblanadi. Tumanlik ichida baʼzan pulsar, yaʼni portlagan yulduz qoldigʻi kuzatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil