[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Barg kesuvchi chumoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barg kesuvchi chumolilar, umumiy boʻlmagan nom, Atta va Akromirmeks ikki nasliga mansub barg chaynovchi chumolilarning 47 turidan biri [1] . Tropik qoʻziqorin yetishtiradigan chumolilarning bu turlarini Janubiy va Markaziy Amerika, Meksika va Amerika Qoʻshma Shtatlarining janubiy qismlarida uchratish mumkin . [2] Barg kesuvchi chumolilar oʻz vaznidan yigirma baravar ogʻir boʻlgan yuklarni koʻtara oladi [3] va yangi oʻsimliklar(barglar, gullar va oʻtlar)ni kesish va qayta ishlash orqali ulardan qoʻziqorin yetishtirishda substrat (ozuqaviy modda) sifatida foydalanadilar.

Atta sefalotes, Vilgelma hayvonot bogʻi, Shtutgart

Akromirmeks va Atta chumolilari anatomik jihatdan juda kop oʻxshashliklarga ega, ammo ularni tashqi tuzilishlarida bir muncha farqlarni kuzatish mumkin. Atta chumolilarida uch juft umurtqa pogʻonasi va koʻkrak qafasining yuqori yuzasida silliq ekzoskelet (tananing qattiq ustgi qobigi) bor boʻlgan bir paytda, Akromirmeks chumolilarida toʻrt juft umurtqa pogʻonasi va qoʻpol ekzoskelet mavjud. [4] Ekzoskelet chumolilarning oʻzi tomonidan hosil qilingan rombedral (uch karra simmetriyaga ega) kristallardan tashkil topgan yupqa mineral qoplama bilan qoplangan boʻladi.

Barg kesuvchi chumolilar koloniyasida hayot aylanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpayish va koloniyalarning paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Atta kolombika, qirolicha bilan lichinka va ozuqaviy modda ishchilari

Qanotli urgʻochilar va erkaklar oʻz uyalarini ommaviy ravishda tark etib, revoada (portugalcha) yoki vuelo nupcial (ispancha) deb nomlanuvchi nikoh parvozini amalga oshiradilar. Har bir ayol, koloniya yaratish uchun zarur boʻlgan 300 million spermani yigʻish maqsadida bir nechta erkak bilan juftlashadi. [1]

Yerga tushgandan soʻng, urgʻochi chumoli qanotlarini yoʻqotadi va oʻz koloniyasini topish uchun mos keladigan yer osti inini qidiradi. Yosh qirolichalar bu vazifani atiga 2,5% holatlarda muvaffaqiyatli uddalaydilar va uzoq umrlik koloniyani barpo etadilar. Oʻzining qoʻziqorin tomorqasini yaratish uchun malika asosiy qoʻziqorin bogʻi miselyumining qismlarini ogʻiz boʻshligʻida joylashgan infrabukkal choʻntagida saqlaydi. [2]

Koloniya tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tajribali va yetuk barg kesuvchi chumolilar koloniyasida chumolilar, asosan, kattaligiga qarab, turli vazifalarni bajaradigan kastalarga boʻlinadi. Akromirmeks va Atta yuqori darajadagi biologik polimorfizmni namoyish etadi, oʻrnatilgan koloniyalarda toʻrtta kasta mavjud — minimlar, minorlar, mediyelar va mayorlar. Mayorlar shuningdek, askarlar yoki dinergatlar sifatida ham tanilgan. Atta chumolilari Akromirmeksga qaraganda koʻproq polimorfikdir, yaʼni Akromirmeksning eng kichikdan eng katta turlariga nisbatan oʻlchamdagi farq kamroq boʻladi

Barg kesuvchi chumoli Atta sefalots
  • Minimlar eng kichik ishchilar boʻlib, vazifalari qoʻziqorin bogʻlariga gʻamxoʻrlik qilishdir. Boshining kengligi 1mm dan kam.
  • Minorlar mimimlarga qaraganda bir oz kattaroq boʻlib, ularni oʻziq-ovqat izlash hududlarida va hudud atrofida, katta miqdorda koʻrish mumkin. Mudofaaning birinchi chizigʻi aynan ushbu kastadan tashkil etiladi. Minorlar doimo atrofdagi erlarni muhofaza qilish bilan mashgʻul boʻlib, oziq-ovqat izlash chizigʻiga xavf soluvchi har qanday dushmanga bor imkoniyatlari bilan hujum qilishadi. Boshining kengligi 1,8-2,2mm atrofida boʻlib, jang vaqtida bu chumolilarning chaqishi dushmanga anchagina oʻgʻriq beradi.
  • Mediyelar — barg kesuvchi chumoli kastasi, yaʼni asosiy vazifalari oʻsimliklarning barglarini kesib uyaga olib borish hisoblanadi.
  • Mayorlar, eng yirik ishchi chumolilar boʻlib, askar sifatida harakat qiladi. Ularning asosiy vazifasi uyani bosqinchilardan himoya qil. Ammo soʻngi maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, mayorlar nafaqat himoyachi sifatida faoliyat yuritishadi, balki asosiy oziq-ovqat izlash chizigʻini yirik vayronalardan tozalash va katta hajmdagi narsalarni uyaga olib borish kabi boshqa yumushlarda ham ishtirok etishadi. Eng yirik askarlar(Atta levigata)larning umumiy tana uzunligi 16mm va boshining kengligi 7mm gacha boʻlishi mumkin.

Chumoli-qoʻziqorin oʻzaro munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ularning jamiyatlari chumoli-zamburugʻ oʻzaro munosabatiga asoslanadi va chumolilarning har xil turlari har xil turdagi qoʻziqorinlarni yetishtiradi, ammo chumolilar tomonidan ishlatiladigan barcha zamburugʻlar Lepiotesi oilasining aʼzolaridir. Chumolilar oʻzlarining qoʻziqorinlarini faol ravishda yetishtirishadi, uni yangi kesilgan oʻsimlikdan tayyorlangan ozuqaviy modda bilan oziqlantirishadi va zararkunandalar va mogʻorlardan himoya qilishadi. Bu munosabatlar, chumolilarda oʻsuvchi va kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi bakteriya, boshqa bir simbiotik sherik tomonidan yanada kuchaytiriladi; asosan, chumolilar `mikroblarga qarshi koʻchma vositalardan foydalanadilar. Bu turdagi chumolilar qoʻziqorinning turli xil oʻsimlik moddalariga boʻlgan reaksiyalariga moslashuvchan boʻlib, qoʻziqorindan keladigan signallarni aniqlaydi. Agar ular biror-br turdagi bargni qoʻziqorin uchun zaharli deb topishsa uni yigʻishni toʻxtatishadi. Chumolilar yetishtirilgan qoʻziqorinlarni chumoli lichinkalarini boqishda foydalanadilar. Qoʻziqorinlar tirik qolishi uchun chumolilarga muhtoj va lichinkalar yashab ketishiga qoʻziqorinlar zarur, shuning uchun ushbu munosabat oʻrnatilishi zarur.

Barg kesuvchi chumolilar bir-birlari bilan muloqot qilish uchun stridulyatsiya(substratdan kelib chiqadigan tebranish)dan foydalanadilar.

Odamlar bilan oʻzaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barg kesuvchi chumolilar uya yasash faoliyatlari tufayli oʻz hududining baʼzi qismlarida jiddiy qishloq xoʻjaligi zararkunandasi hisoblanadi, yaʼni ekinlarni defolyatsiya (oʻsimlik barglarini yirtish va shikast yetkazish) qiladi, yoʻllar va qishloq xoʻjaligi yerlariga zarar yetkazadi. [3] Misol uchun, baʼzi Atta turlari butun sitrus daraxtini 24 soatdan kamroq vaqt ichida defolyatsiya qila oladi. Barg kesuvchi chumoli Akromirmeks lobikornisning ekinlarga hujumini oldini olishning samarali yondashuvi namoyish etildi. Uyadan chiqindilarni yigʻib ularni koʻchatlar ustiga yoki ekinlar atrofiga joylashtirish 30 kun davomida himoya taʼsirini koʻrsatdi.

  1. Piper, Ross (2007), Extraordinary Animals: An Encyclopedia of Curious and Unusual Animals, Greenwood Press, 298-bet, ISBN 978-0-313-33922-6.
  2. Weber, Neal A. (1972), Gardening Ants, The Attines, The American Philosophical Society, 14, 34-bet, ISBN 978-0-87169-092-0.
  3. Piper, Ross (2007), Extraordinary Animals: An Encyclopedia of Curious and Unusual Animals, Greenwood Press, 298-bet, ISBN 978-0-313-33922-6.