[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kalla (biologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boshdan yoʻnaltirildi)
Leonardo da Vinchi tomonidan chizilgan

Kalla, bosh — odam gavdasining yuqori va hayvonlar gavdasining oldingi qismi; pastki jagʻning ostki cheti va koʻtariluvchi tarmogʻi, soʻrgʻichsimon oʻsiquchi, ensa suyagining koʻndalang joylashgan gʻadir-budir va tashqi doʻmbogʻi bilan boʻyin sohasida ajralgan. Kallada nerv sistemasining oliy boʻlimi, baʼzi sezuv aʼzolari, shuningdek, ovqat hazm qilish va nafas sistemasining oldingi boʻlimlari joylashgan. Odam va yuksak hayvonlar Kalla si kalla suyagidan iborat boʻlib, u miya va yuz qismlaridan tashkil topgan. Unda hayotiy muhim hamda murakkab (insonda tafakkur) vazifalarni bajaradigan bosh miya oʻrnashgan. Kallada muvozanat aʼzolari, endokrin bezlar (qarang Ichki sekretsiya) — gipofiz, epifiz, shuningdek, sezgi, hid biluv, koʻruv, eshituv aʼzolari, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi (soʻlak bezlari, chaynash apparati), yuqori nafas yoʻllari, burun boʻshligʻi, ovoz boylamlari va b. joylashgan. Bu aʼzolarning Kallada boʻlishi odamning tarixiy rivojlanishi bilan bogʻliq. Odamning bosh miyasi juda yaxshi taraqqiy etganligi, odam ikki oyoqda turib, gavdasini tik tutadigan boʻlgani, qoʻl mehnat aʼzosiga aylanganligi bois Kalla oʻziga xos anatomik xususiyatlarni kasb etgan (qarangKilla suyagi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil