Bob Sharqiy
Bob Sharqiy | |
---|---|
بَابٌ شَرْقِيٌّ | |
Bob Sharqiyning orqa tomondan koʻrinishi | |
Muqobil nomlari | Quyosh darvozasi |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Shahar darvozasi |
Joylashuvi | Damashq, Suriya |
Bob Sharqiy |
Bob Sharqiy (arabcha: بَابٌ شَرْقِيٌّ; „Sharqiy darvoza“), shuningdek, Quyosh darvozasi sifatida ham tanilgan, Damashqning yettita qadimiy shahar darvozalaridan biri. Uning zamonaviy nomi shaharning sharqiy tomonida joylashganligidan kelib chiqqan. Darvoza, shuningdek, uni oʻrab turgan xristian kvartaliga ham oʻz nomini bergan. Darvoza 1960-yillarda rekonstruksiya qilingan[1].
Bob Sharqiy hozirgi kungacha saqlanib qolgan yagona Rim darvozasi boʻlishidan tashqari, oʻzining asl koʻrinishini uch tomonlama oʻtish joyi sifatida saqlab qolgan, karvonlar va gʻildiraklar harakati uchun katta markaziy oʻtish yoʻli va piyodalar uchun unga yonma-yon joylashgan ikkita kichikroq yoʻlaklar hozir ham mavjud[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Damashq Rashidun davrida musulmonlar tomonidan bosib olingan. Xolid ibn Valid qoʻshini Damashqni egallaganidan soʻng 634-yil 18-sentyabrda shu darvozadan kirgan[3].
12-asrda Nuraddin Zangi hukmronligi davrida darvoza qisman toʻsib qoʻyilgan, faqat markaziy teshik kirish vazifasini bajargan. Darvoza tepasiga minora ham qoʻshilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Burns, Ross. Damascus: A History. Routledge, 2005 — 55–56-bet. ISBN 0-415-27105-3.
- ↑ Diana, Darke. Syria. Bradt Travel Guides, 2010 — 108-bet. ISBN 9781841623146.
- ↑ Burns, Ross. Damascus: A History. Routledge, 2005 — 99-bet. ISBN 0-415-27105-3.
- ↑ Tabbaa, Yasser. Constructions of Power and Piety in Medieval Aleppo. Penn State Press, 1997 — 68-bet. ISBN 0-271-01562-4.