Avellaneda Racing Club
Toʻliq nomi | Racing Club | |||
---|---|---|---|---|
Laqabi |
La Academia (The Academy) El Primer Grande (The First Great) | |||
Asos solingan | 25-mart, 1903-yil | |||
Estadio Presidente Perón | ||||
Sigʻimi | 41,900 | |||
President | Víctor Blanco | |||
Direktori | Gustavo Costas | |||
Liga | Primera División | |||
Oʻrni | 12-chi | |||
Vebsayti | Klub sayti | |||
| ||||
Racing Club de Avellaneda – Buenos Ayres shahrida joylashgan Argentina professional futbol klubi. 1903-yilda tashkil etilgan Racing Argentinaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi[1][2]. Racing hozirda Argentinaning Primera Divisiónida ishtirok etib keladi.
Racing „Primera División“ chempionatida 18 marotaba gʻalaba qozongan, 1913—1919-yillar orasida yetti marta ketma-ket chempionat gʻolibiga aylangan[3]. Racing nafaqat Argentina futbol tarixida ketma-ket titullar rekordiga ega, balki bu kabi yutuqqa erishgan Janubiy Amerikadagi yagona jamoa hisoblanadi. Shuningdek, jahon chempioni boʻlgan mamlakatlarda yetti marta chempion boʻlgan toʻrtta klubdan biri[4][3].
Klubda, shuningdek, beshta Ibarguren kubogi, toʻrtta Copa de Honor Municipalidad de Buenos Aires va bitta Copa Beccar Varela sovrinlari mavjud[5]. Ushbu yutuqlarga sabab jamoa „La Academia“ („Akademiya“) laqabini olgan va bu laqab haligacha klub va uning muhlislarini anglatadi.
Xalqaro maydonda klub 6 ta titulni qoʻlga kiritgan, ulardan 3 tasi CONMEBOL va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan musobaqadagi sovrinlardir[6]. Bir marotaba „Copa Libertadores“, bir marotaba Intercontinental Cup va Supercopa Libertadores sovrinlarida chempionlikga erishgan[7].
Jamoaning uy libosidagi ranglari Argentina milliy futbol terma jamoasinikiga oʻxshash, moviy va oq ranglari mavjud. Shortik va paypoqlar qora, koʻk yoki oq rangda. Futboldan tashqari, Racingda nomi bilan qatnashuvchi boshqa sport klublari ham mavjud. Badiy gimnastika, basketbol, plyaj futboli, boks, shaxmat, maydon xoki, futzal, qoʻlbola, jang sanʼati, tennis va voleybol kabi sport jamoalari mavjud[8].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubning kelib chiqishi XIX asr oxirida Buenos-Ayresning Buyuk Janubiy temir yoʻli xodimlariga borib taqaladi. Ular rahbarlarga futbol maydoni qurib berish va u yerda futbol oʻynash talabini qoʻyishadi. Ushbu talab qondirilgandan soʻng, ular oʻzlarining asosan britaniyalik immigratorlar tomonidan tashkil etilgan jamoalarga qarshi birinchi oʻyinlarini ushbu stadionda oʻynashni boshlaydilar[9].
1898-yilda ushbu ishchilar „Argentinos Excelsior Club“ nomli klubni tashkil etishdi. Bu klub 1901-yilda oʻz faoliyatini yakunladi. Shunga qaramay, klub 1902-yil 16-martda „Colorados Unidos“ nomi bilan qayta tashkil etildi.
Racing 1905-yilda Argentina futbol assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan va Argentina futbol ligasi tizimining quyi divizionlarida oʻynay boshlagan. 1906-yilda klub Segunda Divizionida oʻynash uchun roʻyxatdan oʻtgan.
Futboldagi ilk yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1909-yilda Racing Primera divizioniga chiqish uchun pley-offda ishtirok etdi, ammo Gimnasia va Esgrima de Buenos-Ayres klublaridan magʻlubiyatga uchradi. Racing nihoyat 1910-yilda birinchi divizionga koʻtarilib, pley-off bosqichida „Boka Xuniors“ga qarshi 4000 tomoshabin qarshisida gʻalaba qozondi.
Stadion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Racing klubi uy oʻyinlarini „Estadio Presidente Peron“ arenasida (Argentinaning sobiq prezidenti Juan Domingo Perón sharafiga nomlangan), xalq orasida „El Cilindro de Avellaneda“ arenasida oʻtkazadi. Stadion 1950-yilda ochilgan va 1997-yilda qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan[10].
Maydonning oʻlchami 105x70 metr. Racingning stadioni Argentinada River Pleyt stadionidan keyin ikkinchi yirik stadion hisoblanadi. Dastlab, arena 120 000 sigʻimga ega boʻlishi mumkin edi, ammo qayta qurishlar davomida uning sigʻimi 64 161 ga qisqartirildi[11].
Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joriy tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yil 18-fevral.[12]
|
|
Ijaraga berilgan futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Barcha davrlardagi futbolchilar rekordlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Futbolchi | Pozitsiyasi | Mavsum | Oʻyin |
---|---|---|---|---|
1 | Natalio Perinetti | Hujumchi | 1917–1933 | 405 |
2 | Gustavo Costas | Himoyachi | 1982–92, 1994–95 | 337 |
3 | Agustín Cejas | Darvozabon | 1962–69, 1977–1980 | 334 |
4 | Claudio Ubeda | Himoyachi | 1995–2003, 2005–2006 | 329 |
5 | Juan Carlos Cárdenas | Hujumchi | 1964–1972 | 321 |
6 | Ezra Sued | Hujumchi | 1943–1954 | 308 |
7 | Carlos Squeo | Himoyachi | 1969–1972, 1974–77, 1984 | 303 |
8 | José García Pérez (:es) | Himoyachi | 1938–1957 | 272 |
9 | Rubén Díaz | Himoyachi | 1965–73, 1977–1978 | 246 |
10 | Roberto Díaz (:es) | Hujumchi | 1975–1980, 1982–83 | 244 |
Eng koʻp gol urganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Futbolchi | Pozitsiyasi | Mavsum | Gol |
---|---|---|---|---|
1 | Alberto Ohaco | Hujumchi | 1912–1923 | 244 |
2 | Alberto Marcovecchio | Hujumchi | 1911–1922 | 207 |
3 | Albérico Zabaleta | Hujumchi | 1916–1923 | 141 |
4 | Evaristo Barrera | Hujumchi | 1932–1938 | 138 |
5 | Juan José Pizzuti | Hujumchi | 1952–1954, 1956–62 | 125 |
6 | Pablo Frers | Hujumchi | 1907–12 | 121 |
7 | Natalio Perinetti | Hujumchi | 1917–1933 | 112 |
8 | Pedro Ochoa | Hujumchi | 1916–1931 | 109 |
9 | Llamil Simes | Hujumchi | 1948–1955 | 106 |
10 | Juan Perinetti (:it) | Hujumchi | 1908–1927 | 99 |
2000-yildan keyingi murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Racing Club: ¿Por qué es considerado el primer equipo grande de Argentina?“ (es). El Comercio Perú (2019-yil 2-aprel). 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
- ↑ Taveira. „Racing, el Primer Grande en serio“ (es-ES). Infobae (2019-yil 30-iyun). 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Juventus salió campeón y se sumó al club de los heptacampeones on Bolavip, by Juan Arias Montoya, 13 May 2018
- ↑ „El único e irrepetible heptacampeón de nuestro fútbol“. Racing Club (2018-yil 14-dekabr). 2021-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Campeones de Primera División“ (es-AR). AFA. 2023-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Las competiciones oficiales de la CONMEBOL“. Conmebol.com (2015-yil 19-avgust). 2017-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Palmares“ (es). Racing Club. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-noyabr.
- ↑ „Polideportivo J. Camba“. Racing Club - Sitio Oficial. 2014-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-avgust.
- ↑ „Así nació la Academia“ (es). Ole.com (2010-yil 16-mart). 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ „Estadio Presidente Perón“. Soccerway. Global Sports Media. 2013-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyun.
- ↑ Características del estadio at Club’s official website[sayt ishlamaydi].
- ↑ „Racing Club squad“. Racingclub.com.ar. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Avellaneda Racing Club haqida turkum mavjud |