[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Amir al-moʻminin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amir al-Moʻminindan yoʻnaltirildi)

Amir al-Moʻminin (arabmoʻminlar amiri) – ilk islom davridagi xalifalarning unvoni. Islom taʼlimotida Muhammad (sav) oxirgi paygʻambar, xalifalar esa paygʻambarning oʻrinbosarlari hisoblanadi. Diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat ularning qoʻllarida jamlangan. Bu vazifalarni bajaruvchilar „xalifa“, „imom“, „amir“ istilohlari oʻrniga, har uchala mazmunni ifodalovchi yagona Amir al-moʻminin istilohi bilan atalgan. Mazkur unvon ilk dafʼa Abu Bakrdan keyingi ikkinchi xalifa Umarga berilgan, keyingi barcha xalifalar (Usmon, Ali va boshqalar) ham shu unvon bilan atalgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil