[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Cherepitsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cherepitsa (rus.) — asosan, bino tomiga yopish uchun ishlatiladigan qurilish materiali. Cherepitsalarning aksariyati sopol va sementqum qorishmasidan tayyorlanadi. Sopol cherepitsalar 1000— 1100°C da kuydirish yoʻli bilan, sementqum qorishmali cherepitsalar esa mexanik presslar yordamida tayyorlanadi. Cherepitsa kamida 30° li tom ustiga oʻrnatilgan yogʻoch reykalarga bir-biriga ilashtirib terib chiqiladi. Oʻzbekistonda kam tarqalgan, lekin keyingi yillarda plastmassa, metall va boshqa materiallardan tayyorlangan cherepitsalar paydo boʻla boshladi.