[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Karki

Koordinatalari: 37°49′0″N 65°12′0″E / 37.81667°N 65.20000°E / 37.81667; 65.20000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otamurot
shahar
37°49′0″N 65°12′0″E / 37.81667°N 65.20000°E / 37.81667; 65.20000
Mamlakat Turkmaniston
Viloyat Lebap viloyati
Hukumat
Ilk eslatilishi X asr
Avvalgi nomlari Kerki
Qachondan beri shahar 1925
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
 (2010)
30 000
Milliy tarkib turkmanlar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Otamurot xaritada
Otamurot
Otamurot

Karki (1999-yildan 2017-yilgacha Otamurot) — Turkmanistonning Lebap viloyati Otamurod tumanidagi shahar (1925-yildan). Tuman markazi. Amudaryoning chap sohilida. Oʻng sohilida pristan va Karkichi temir yoʻl stansiyasi (Kogon — Dushanba temir yoʻl yoʻnalishi) joylashgan. Shahar Turkmanobod — Otamurot temiryoʻlning oxirgi punkti. Karki shosse yoʻli orqali Turkmanobod va Amudaryo orqali Mari, Tajan shaharlari bilan bogʻlangan. Aholisi 30,8 ming kishi (1999).

Karki 10-asrdan maʼlum. 1917-yilgacha Buxoro amirligining Karki bekligi markazi, 1943-yil dekekabrdan 1947-yil yanvargacha Turkmaniston SSR Karki viloyati markazi. Shaharda paxta tozalash, kurilish materiallari, sut-moy zavodlari, goʻsht va non kombinatlari, gilam fabrikakasi, umumiy taʼlim va musiqa maktablari, pedagogika bilim yurti, madaniyat uyi, 5 kutubxona, tarixiyoʻlkashunoslik muzeyi, kasalxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil