shum
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]shum
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. — baxtsizlik, musibat; balo, ofat
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Yomon fikrdagi; niyati buzuq; yomon, yaramas. ◆ Kecha shom vaqtida biznikiga ikkita shum yigit keldi. Taniyman. Xoʻjayin haligilarni mehmonxonaga kirgizib, eshiklarni taqataq yopdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Hushyor turib, adashmay, Har sharpani sezaman. Dushman qarshilik qilsa, Shum boshini ezaman. Uygʻun . [ ◆ Gulandom: \ Negaki, shumlarning qoʻliga tushib, ne balolarga giriftor boʻldim. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
2 Baxtsizlik yoki halokat keltiruvchi, baxtsizlikka duchor qiluvchi. ◆ Shum boʻrondan chayqaldi dengiz, Koʻk ham asta tomchi tashladi. E. Qambarov . ◆ [Xosiyat:] Erlarni qaʼriga tortdi shum urush, Erlarsiz uy fayzi tamom yoʻqoldi. G. Joʻrayeva .
- Shum xabar Kishini gʻoyat xafa qiladigan, juda qaygʻuli xabar. ◆ Sobirjon bu ahvolni koʻrgan koʻzlariga, bu shum xabarni eshitgan quloqlariga sira ishongisi kelmasdi. S. Shamsiyev, „Sepsiz kelin“ .
3 Qoʻlidan har qanday yomonlik keladigan; ayyor, makkor, quv, qilvir. ◆ Shum kampir. ◆ -Ha, bu juda pixi qayrilgan shum xalfa, — dedi Davlatyor va Turdivoy xalfaning kirdikorini gapirib berdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Sultonov juda hushyor va shum ediki, shamol qay tomondan kelayotganini darhol bilib, vaziyatga qarab tovlanardi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .
4 Yaramas qiliqlar qiladigan, oʻta shoʻx, toʻpolonchi. ◆ Haligi shum yigit: juda gap topolmasang, barmogʻingni mana bunday bigiz qilda, "koʻzingizga qoʻlimni tiqib olaymi?" degin, keyin qiz kulib yuboradi [dedi]. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ШУМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
shum
1 злой; злополучный, злочастный; зловещий; приносящий зло, несчастье; роковой; ◆ shum xabar плохая весть, дурное известие; ◆ shum taqdir злополучная судьба; злой рок; ◆ shum qadam или ◆ shum oyoq приносящий своим приходом несчастье;
2 коварный, лукавый, злой; каверзный; способный на любой подвох; ◆ shum kampir злая старуха; ведьма;
3 озорник, проказник, шалун; ◆ shum taka озорник проказник, шалун (преимущественно о ребёнке).