saman
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
sa-man
Aytilishi
Etimologiyasi
SAMAN Bu ot asli samand tovush tarkibiga ega boʻlib (ПРС, 291; ТжРС, 338), 'zotli chopkir ot' maʼnosini anglatadi; bunday zotli chopkir ot har xil, koʻpincha madla rangli boʻladi (OʻTIL, II, 16).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
fors. – sariqqa moyil rangli ot;
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1. Och malla, sargʻish, somonrang (otning tusi haqida). ◆ Oʻrtadagi yuk mashinasida saman toycha. Ikki qulogʻining oʻrtasida jigʻa, ustida qizil baxmal yopiq. S. Nurov, „Narvoy.“ ◆ Saman qashqa esa soy ichida qirgʻoqqa tiralib olgan. I. Shamsharov, „Toshqin.“
2. Shu tusdagi ot. ◆ Jilovdor nariroqda oʻtlab yurgan samanni olib kelib, uzangisini amirga toʻgʻriladi. M. Mahmudov, „Mangu kuy izlab.“
Sinonimlari
Antonimlari
САМАН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
saman