[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

qin

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

qin I

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qin

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QIN Pichoq, qilich kabi asboblarning gʻilofi. Bir qinga ikki qilich sigʻmas (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli qïn tarzida talaffuz qilingan (Devon, I, 327; DS, 444); keyinchalik oʻzbek tilida ï unlisining qattaqlik belgisi yoʻqolgan: qïn --> qin.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Pichoq, qilich kabi qurollar solib qoʻyiladigan gʻilof. ◆ Pichoq qini. Bir qinga ikki qilich sigʻmas. Maqol . ◆ Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. Maqol . n ◆ Dilovarshoh qilichini qinidan sugʻurib, qizga hujum qilmoqchi boʻldi. S. Ayniy, „Doxunda“ . ◆ Har bir mahbus, qinda yotgan dahshapsh toʻpponchadan oʻz peshonasiga oʻq uzilayotgandek, vahimaga tushib qoldi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

2 Tugunakni oʻrab turuvchi bargsimon qobiq, kurtak, gʻilof. ◆ Dovuchcha qinidan chiqibdi. n ◆ Bahor edi.. Oʻriklar gulini toʻkkan, gʻoʻralar qinidan chiqib, kishi yesa maza topadigan boʻlib qolgan. Oydin, „Sadagʻang boʻlay, komandir“ .

Koʻzi qinidan chiqmoq Koʻzi olayib ketmoq, koʻzi ola-kula boʻlmoq◆ Dahshatli xabarni eshitgan Maxdumning koʻzlari qinidan chiqib ketayozdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

qin II

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qin

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Qizlik pardasidan boshlanib, bachadon boʻyni yopishadigan joyda tugaydigan naysimon, muskulli elastik aʼzo.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚИН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qin I
1 ножны; ◆ pichoq qini ножны ножа; ◆ bir qinga ikki qilich sigʻmas посл. см. qilich 1;
2 оболочка; ◆ dovuchcha qinidan chiqibdi появились завязи урюка; ◆ yuragi qinidan chiqa yozdi 1) у него сердце чуть не выскочило, чуть не разорвалось; 2) у него терпение лопнуло; ◆ koʻz qinidan chiqa yozdi глаза полезли на лоб.

qin II
вагина, влагалище.