[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

en

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

en

Aytilishi

Etimologiyasi

EN narsaning koʻndalang koʻlami’. Taxtining eni 30 sm edi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli i:ŋ tarzida talaffuz qilingan boʻlib (ЭСТЯ, I, 352), oʻsha davrlardayoq ŋ undoshi n undoshiga almashgan, i: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolib, bu unli e unlisiga almashgan (Devon, I, 83); i:ŋ > i:n > in > en.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Narsalarning koʻndalang yoʻna-lishdagi kattaligi; kengligi. ◆ Uyning boʻyi va eni. Eni bir metr, boʻyi ikki metr keladigan gilam. m ◆ Eniga yigirma olchin joy olgan oʻn besh darichali kattakon chorxari uy ichida ellik chogʻli bek yigipiari gul-xan soliboʻtirar edilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Boʻyra eni Bir boʻyra hajmiga teng oʻlchov birligini (hajmni) bildiradi. ◆ ..uyning orqa devori bir boʻyra eni kesib tushirilgan boʻlib, qorayib koʻrinar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Toʻrt boʻyra eni keladigan hovlisiga oʻn xilga yaqin ekin eka-di. "Mushtum" . Ikki en Ikki boʻlak narsadan eniga ulab qilingan. ◆ Ikki en koʻrpa. En (yoki eniga) tortmoq Kengaymoq, yoʻgʻonlashmoq. ◆ Umurzoq ota poʻstlogʻi en tortib, tanasi kovak boʻlib ketgan keksa tolga suyanib oʻtiribdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ U [Davronov] semirib, yuzlari qizarib ketgan, novcha boʻyi eniga tortgan edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

2 Bir kiyimlik gazlama. ◆ Ahmadoʻzi uchun bir jodi, bir targʻil sigir, bir kiyimlik enoldi. Gazetadan .

3 Belgi, tamgʻa (adashtirmaslik uchun qoramol yoki qoʻy qulogʻida hosil qilingan kesik).

En solmoq Molning yoki qoʻyning qulogʻini kesib, kertik qilib qoʻymoq.

Sinonimlari

Antonimlari

ЭН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

en
1 ширина; // широкий; ◆ ~i qirq santimetrli taxta доска шириной в сорок сантиметров; ◆ ikki ~ двойной ширины; ◆ ~iga поперёк; в ширину; ◆ egnida yangi ~ chakmon на нём новый широкий чекмень;◆ ~ или ~iga tortmoq расти в ширину; утолщаться, становиться широким;
2 отрез (материи); ◆ ~ solmoq 1) дарить (кому-л.) отрез; 2) наставлять; пришивать сбоку полоску материи; ◆ ~ qoʻshmoq, ~ solmoq1;
3
обл. метка (надрез на ухе домашнего животного, знак собственности); ◆ ~ solmoq метить скот; ◆ ham boʻyidan, ham ~idan uradi (букв он обкрадывает вдоль и поперёк, он обкрадывает всевозможными способами.

Datcha (da)

Raqam

en Andoza:da-adv

Niderlandcha (nl)

Hol

en

Norvegcha (bokmål) (no)

Raqam

en Andoza:no-adv

Shvedcha (sv)

Raqam

en Andoza:sv-adv