mayxona
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]may-xo-na
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]MAYXONA Bu ot 'spirtli ichimlik' maʼnosini anglatadigan tojikcha may oti bilan (ТжРС, 211) 'uy' maʼnosini anglatadigan xona otidan (ТжРС, 426) tuzilgan bülib, 'may sotib olib, shu yerning oʻzida ichiladigan uy' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 443).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
may + xona
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Ichkilik kuyib sotiladigan, ichkilik ichiladigan joy. ◆ [Saidiy] Krmatini rostladi, velosipedni yetaklab, koʻchaning u yuziga — mayxona to-monga oʻtdi. A. Qahhor, „Sarob“ . ◆ Ne ajabkim, mayet boʻlibman koʻzlaringga termilib, Yetti iqlimda bu yangligʻ may yoʻgʻu, mayxona yoʻq. E. Vohidov, „Muhabbat“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]МАЙХОНА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.