vaqt
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]vaqt
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. وَقْت — zamon, vaqg muddati; on; mavsum
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Yuz berib turuvchi voqea-hodisa, narsalarning asrlar, yillar, soatlar, minutlar va sh. k. bilan oʻlchanadigan davo-miyligi, shunday oʻlchov belgisiga ega boʻlgan obyektiv hodisa.◆ Vaqt gʻoyat imimaboʻtardi. Hamma xavotirlanib bezovta boʻla boshladi. K. Yashin, „Hamza“ .◆ Lekin vaqt oʻz ishini qildi — oyni gʻarb ufqidan tortib kirib ketdi. Demak, tongotdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .
2 Shu obyektiv hodisaning minut, soat, kun, yil va sh. k. bilan almashinuvidagi oraligʻi, qismi, boʻlagi.◆ Bayramlardagina kiyadigan, boshqa vaqtlarda chamadonida avashshb saqlaydigan oq surp koʻylagini kiy-di. S. Karomatov, „Oltin qum“ .◆ Biz bularning yoshida oʻqishni bilardik. Boʻsh vaqtlarni jamoat ishiga sarflardik. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .◆ Otabek keyingi vaqtlarda savdoga yurishni tark qilib qoʻygani uchun, Hasana/sh ishsiz qolgan. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
3 Soat, kun, oy, yil va shu kabilarning uz-luksiz izchil almashuvida biror maqsad uchun belgilangan yoki biror maqsad uchun foyda-lanilishi mumkin boʻlgan muddat oraligʻi; fursat.◆ Vaqtni qoʻldan bermoq. Vaqtdan yutmoq. Vaqtdan toʻgʻri foydalanmoq. Vaq-ting ketdi — naqding ketdi. Maqol . n◆ Uning ovozini eshitib, qoʻni-qoʻshnilar yigʻila bosh-lashdi. Vaqtni boy berish mumkin emasdi. K. Yashin, „Hamza“ .◆ ..boshingizni ikki qilish uchun, albatta, vaqt yetgandir, deb oʻylayman. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .◆ Vaqt oʻtdi, biz ozchilikmiz. K. Yashin . Hamza.◆ Vaqtingiz boʻlsa, birpas gap.1ashay.shk. S. Ahmad, „Yulduz“ .
4 Vaqtning biror narsa, ish-mashgʻulot uchun belgilangan, ajratilgan boʻlagi; muddat.◆ Masalani toʻgʻri yechdi-yu, oqqa koʻchira-yotganida, vaqti tugab qoldi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .◆ Tanaffus vaqtida hamma mukofotlanganlarni, mukofotlan-ganlar e s a bir-birlarini tabriklab, zal va foyelar gʻovur boʻlib ketdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .◆ Suhbatimiz shu yerga yet-ganda.. soqchi kirib, vaqtlaring tugadi, deya ogohlantirib qoʻydi. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
5 Obyektiv oʻtuvchi vaqtning maʼlum ijtimoiy hodisa, holatlar bilan bogʻliq, ular bilan kechgan boʻlagi; zamon, davr. ◆ Quldorlik vaqtida. Moʻgʻumar hukmronligi vaqtida. n Chor hukumat vaqtidagi qul-ligingni oʻylasang. Hamza .
6 Obyektiv tarzda kechuvchi zamon, davr-ning, kishi hayotining maʼlum, aniq bir boʻlagi, nuqtasi, oraligʻi.◆ Vaqt kech boʻlib qoldi. Bolalik vaqti. Yoshlik vaqti. Yoz vaqti. Namoz vaqti. Ertalab Qoʻqondan chiqsa, asr vaqpiarida Margʻilonga kiradir.. A. Qodiriy Oʻtgan kunlar .◆ Vaqt peshindan oʻtgan, koʻk yuzida quyosh charaqlab turardi. S. Karomatov, „Oltin qum“ .◆ ..qizlik vaqtida Nuri ularning kulbasiga juda oz chiqar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
7 fls. Borliqning, makon kabi, obyektiv real shakli, materiyaning yashash shakllari-dan biri.◆ Nisbiylik nazariyasi — materiya mavjud boʻladigan fazo va vaqt nazariyasidir. "Fan va turmush" .
- Lini vaqt(da) 1) shu vaqtda, hozir(da), hozirning oʻzida.◆ Ayni vaqtda konsert davom etyapti\ 2) shu bilan birga .◆ Jurnalistika shu qadar ommaviy, ayni vaqtda, shu qadar yoqimli ishki, shu kasbning sohiblari doimo yurtning fikri-zikrida yashaydilar. X. Yodgorov, „Hayot toʻlqinlari“ .◆ U birov bilan shaxmat oʻynar va, ayni vaqtda, yigirmaga yaqin odamni ogʻziga qaratib, kuldirib oʻtirar edi. A. Qahhor, „Quyushqon“ . Aksar vaqt Koʻpincha.◆ Avaz.. yezda., bogʻ-hovliga chiqib ketar, koʻllarga borib, baliq ovlar, aksar vaqti ijod bilan band boʻlar edi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . Baʼzi vaqt Baʼzi-baʼzida, baʼzan. ◆ Baʼzi vaqt shularni oʻylab qolaman. Besh vaqt namoz Kuniga besh marta oʻqiladigan namoz (farzlardan biri).◆ Besh vaqt namozni kanda qilmasdan oʻqiydi, ixlos bilan roʻza tutadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Bir vaqt 1) ayn. bir vaqtlar.◆ Uning oʻzi bir vaqt Rustamni yaxshi koʻrardi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol; 2) oʻylamagan, xayolga kelmagan, bilma-gan bir vaqtda“ .◆ Bir vaqt eshikdan ikki oʻspirin kirib keldi. "Guldasta" .◆ Bir vaqt munday qarasa, u ni chaqirayotgan Oqila buvi emas, jigarrang paltoli chiroyli qiz ekan. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .◆ Bir vaqt Majid qulogʻi tepasida Fayzi otaning ovozini eshitib, boshini koʻtardi. "Guldasta" . Bir vaqtlar Oʻtgan vaqtlarda, ilgari (lari). ◆ Bir vaqtlar erkak zotini telba qilishga qodir boʻlgan bu ohu koʻzlariga, hamon bichimi buzilmagan qaddi-qomatiga tikilgancha, miq etmayoʻtiraverdi. K. Yashin, „Hamza“ .◆ Bir vaqtlar joʻr boʻlib oʻpii yoshlikka, Yurardim hech soʻnmas tilagim bilan. A.Oripov, „Yillar armoni“ . Bir vaqti kelib ayn. vaqti kelib. ◆ Bu qishloqda oʻsadigan bolalar bir vaqti kelib, ehtimol, bizning koʻp ish,shrimizdan kulishar. A. Qahhor, „Qushchinor chiroqlari“ . Vaqti kelib Vaqti yetganda, taqozo vaqti yetib (yetganda).◆ Vaqti kelib, bu odamga nimi uchun "inobatlik" sifati berilgani kishi-larning esidan chiqib ketadi. A. Qahhor, „Asarlar“ .◆ Shunday yangi xil oʻsimliklarni yaratish mumkinki, ular, vaqti kelib, ovqat xillarini koʻpaytiradi. Gazetadan .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ВАҚТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ot
[tahrirlash]vaqt (koʻplik vaqtlar)
- Ozarbayjoncha: vaxt
Ruscha ru
vaqt
время, пора, период; ◆ vaqt ziq времени мало, время не ждет; ◆ hozirgi vaqtda в настоящее время; ◆ vagon yurgan vaqtda во время движения вагона; ◆ yigʻim-terim vaqti время уборки урожая; ◆ har ishning ham vaqti bor всему своё время; делу - время, потехе - час; ◆ (oʻz) vaqtida вовремя, своевременно; ◆ hech kim yoʻq vaqtda когда никого не было; когда нет никого; ◆ baʼzi vaqt(da) иногда, порой, иной раз; ◆ bir vaqt 1) как-то, как-то раз, однажды; 2) когда-нибудь; ◆ bir vaqtlar(i) когда-то, некогда; ◆ bu vaqt(da) в это время, в то (это) же время; ◆ u vaqt(da) 1) в то время, тогда; 2) в таком случае, тогда, то; ◆ shu bilan bir vaqtda одновременно с этим; наряду с этим; ◆ shu vaqtgacha до сих пор; ◆ shu vaqt(da) в это время, в этот момент; ◆ el yotar vaqtida в то время, когда люди ложатся спать; ◆ besh yashar vaqtida когда ему было пять лет, в пятилетнем возрасте; ◆ oʻsha vaqtda в то время, в ту пору; ◆ vaqti-be vaqt вовремя и не вовремя; когда нужно и не нужно, неожиданно; ◆ vaqti-vaqti bilan время от времени; временами, по временам; ◆ vaqti kelganda в нужный или подходящий моменг; ◆ vaqti kelsa порой; если подвернётся случай; ◆ vaqting ketdi - baxting ketdi посл. время упустил - счастье потерял; ◆ vaqti xush (или chogʻ) в настроении, в весёлом настроении; ◆ vaqtini chogʻ qilmoq 1) веселить; развеселить; 2) веселиться; ◆ vaqt gʻanimat самое время, самое подходящее, удобное время; ◆ vaqt gʻanimatida или ◆ vaqtni qoʻldan bermay пока не поздно, не теряя времени, не упуская случая; ◆ vaqt gʻanimatida oʻqib qol учись пока не поздно; ◆ vaqtni gʻanimat topib (или bilib) улучив удобный (подходящий) момент; пользуясь удобным моментом; ◆ koʻp vaqt 1) много времени; ◆ koʻp vaqt oʻtdi прошло много времени; 2) часто, сплошь и рядом; ◆ Toshkent vaqti bilan по ташкентскому времени.